Bosh sahifa
10.03.2010

Prezident Islom Karimov raisligida 10 mart kuni Oqsaroyda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining 2009 yildagi faoliyatini atroflicha tahlil etish va galdagi vazifalarni belgilab olish lozimligini ta’kidladi.

Barkamol avlod orzusi – eng buyuk orzu. O‘zbekistonning kelajagi buyuk ekaniga qat’iy ishonch bilan yashayotgan xalqimizning orzusi bu. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, nimaniki o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ymaylik, qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik, barcha olijanob harakatlarimizning negizida, barcha ezgu niyatlarimizning zamirida farzandlarimizni ham jismonan, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir.

04.03.2010

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga 4 mart kuni Oqsaroyda Qozog‘iston Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan – Boribay Jeksembin, Mehmet Sertach Sunmezay va Chon De Van ishonch yorliqlarini topshirdi.

Davlatimiz rahbari ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, elchilarni sharafli va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan qutladi, yurtimizda boshlayotgan missiyalarida muvaffaqiyat tiladi, shuningdek, O‘zbekistonning ushbu mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlari rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

19.02.2010

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 19 fevral kuni Oqsaroyda AQSHning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Richard Xolbrukni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, mamlakatimiz Afg‘onistonda mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatish ishida O‘zbekiston-AQSH munosabatlari samarali asoslarda yanada rivojlanishining qat’iy tarafdori ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi va oziq-ovqat ta’minotida, transport kommunikatsiyalari barpo etish borasida amaliy yordam ko‘rsatib, uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishida ishtirok etmoqda. Jumladan, 2010 yildan Afg‘onistonga uzatilayotgan elektr energiyasi hajmi bir necha barobar oshirildi...

                o`zb   рус   eng
Bugun: 13.03.2010
© 2008 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati