- O‘N IKKINCHI CHAQIRIQ O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGASHINING O‘N BIRINCHI SESSIYASIDA 1992 YIL 8 DEKABRDA QABUL QILINGAN
- Birinchi bo'lim. ASOSIY PRINSIPLAR
- Ikkinchi bo‘lim. INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI
- Uchinchi bo‘lim. JAMIYAT VA SHAXS
- To‘rtinchi bo‘lim. MA’MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI
- Beshinchi bo‘lim. DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI
- Oltinchi bo‘lim. KONSTITUTSIYAGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH TARTIBI
O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan (2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida qabul qilingan 2003 yil 24 apreldagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan).
O‘zbekiston Respublikasining
KONSTITUTSIYASI
MUQADDIMA
O‘zbekiston xalqi: inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida, o‘zining muxtor vakillari siymosida O‘zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi.





RSS