Matbuotda
21.03.2015

Har kunimiz Navro‘zdek zavqli bo‘lsin

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi

Bahorni sevmaydigan, sog‘inib kutmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Chunki u olamga iliqlik, tiniqlik olib keladi. Quyosh charaqlab ko‘ngillarni yorishtiradi. Tabiat uyg‘onib, atrof go‘zallikka burkanadi. Qushlar chug‘uri jilg‘alar ovoziga jo‘r bo‘ladi. Mayin shabboda gullarning totini olib qochadi...

Bahor sevimli va ardoqli bayramimiz Navro‘zni boshlab keladi.

05.12.2014

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning yigirma ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tantanali yig‘ilishda ma’ruza qildi.

Davlatimiz rahbari Konstitutsiyamizning asosiy qoidalari, tamoyil va maqsadlari mamlakatimizda yaratilgan va samarali faoliyat ko‘rsatayotgan mukammal qonunchilik va huquqiy bazaning, butun dunyoda “o‘zbek modeli” deb nom qozongan jamiyatimizni isloh etish, demokratlashtirish va erkinlashtirish, tarkibiy tub o‘zgarishlar va mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha puxta o‘ylangan uzoq muddatli dasturning asosini tashkil etishini alohida ta’kidladi.

01.09.2014

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 23-yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.

06.06.2014

Poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida 6-iyun kuni Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Forumda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish fondi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari, diplomatik missiya rahbarlari, AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Avstriya singari qirqdan ortiq mamlakatdan yetakchi ekspert va ishbilarmonlar ishtirok etdi.

Xalqaro forumning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

15.05.2014

Samarqand shahridagi Qabullar uyida 15-may kuni “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu xalqaro anjumanda AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya, Hindiston, Misr, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Rossiya, Ozarbayjon kabi ellikka yaqin mamlakatdan olimlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari professorlari, ilmiy markazlar va institutlar mutaxassislari, ekspertlar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida nutq so‘zladi.

22.11.2013

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Osiyo quyosh energiyasi forumining oltinchi yig‘ilishida nutq so‘zladi.
01.09.2013

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 22-yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi

                o`zb   рус   eng
Bugun: 27.03.2017
Qidirish
© 2008 - 2017 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati