DAVLAT VA JAMIYAT
ГОСУДАРСТВО И ОБЩЕСТВО

6 yanvar. O‘zbekiston Rsepublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvarida qabul qilgan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida"gi Farmoyishi e’lon qilindi. 

20 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Milliy mustaqillik g‘oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar" fani yuzasidan o‘quv dasturlari yaratish va ularni respublika ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risida"gi Farmoyishi bosilib chiqdi.

 
23 fevral - Vazirlar Mahkamasining "Qurbon hayitni nishonlash to‘g‘risida"gi 92-son qarori qabul qilindi. 

7 dekabr. An’anaga ko‘ra, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kuni arafasida "Turkiston" saroyida tantanali marosimga respublikaning mashhur siyosiy va ijtimoiy arboblari, madaniyat va san’at namoyondalari, poytaxt jamoatchiligi, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan elichixona va xalqaro tashkilotlar vakillari jam bo‘ldilar. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Islam Karimov nutq so‘zladi. 

Unda davlat rahbari xalq hayotida yuz berayotgan katta o‘zgarishlarning asosiy mohiyati konstitutsiyamizda belgilangan va qayd etilgan huquq va imkoniyatlar, asosiy tamoyillarni singdirish bilan bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. 

Davlat rahbari 2002 yilni Qariyalarni qadrlash yili deb e’lon qildi. "Qarisi bor uyning parisi bor" deb xalq bejiz aytmagan. Darhaqiqat, qayerda qariyalar bo‘lsa va qayerda ularga e’tibor qaratilsa, o‘sha yerda farovonlik va mo‘lchilik qaror topadi. Bunday uyni xudoning o‘zi asraydi, deb ta’kidladi respublika rahbari.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 27.03.2017
Qidirish
© 2008 - 2017 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati