O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yangi Zelandiya General-gubernatori va Bosh qo‘mondoni Jerri Materapayeni ushbu mamlakat milliy bayrami – Vaytangi kuni munosabati bilan muborakbod etdi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Mahinda Rajapakseni ushbu mamlakatning milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan muborakbod etdi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Mo‘g‘uliston Prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorjni ikki mamlakat o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Mo‘g‘uliston Prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorjning davlatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik nomasi keldi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakni mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi. Islom Karimov o‘z tabrik maktubida O‘zbekiston Koreya Respublikasi timsolida jadal rivojlanayotgan, ulkan iqtisodiy, industrial-texnikaviy va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, mamlakatimizga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani tubdan isloh etish va chuqur modernizatsiyalash bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirishda qimmatli va zarur yordam ko‘rsatib kelayotgan zamonaviy davlatni ko‘rishini ta’kidladi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakdan davlatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan qutlov maktubi keldi. Li Myon Bak 1992 yil 29 yanvar kuni mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan vaqtdan buyon barcha yo‘nalishlar – siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlik muttasil rivojlanib kelayotgani kuzatilayotganini qayd etdi. |
Janobi Oliylari! O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan samimiy qutlovlarim va ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz. |
Janobi Oliylari! Yaponiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan Sizni chin dildan muborakbod etishga ijozat bergaysiz. |
Hindiston xalqining milliy bayrami – Respublika kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga o‘zimning samimiy qutlovlarimni va eng ezgu tilaklarimni yo‘llashdan bag‘oyat mamnunman. |
Xonim Oliyalari! Hindistonning milliy bayrami – Respublika kuni munosabati bilan samimiy tabriklarim va eng ezgu istaklarimni qabul etgaysiz. |





RSS