Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O’zbekiston Xitoy Xalq Respublikasi rahbariyatining Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatiga qaratayotgan e’tibor va ahamiyatini yuksak qadrlashini ta’kidladi. – Xitoy Xalq Respublikasining xalqaro nufuzi va ShHTning Toshkentda bo’ladigan tadbirlarida keng ishtirok etishi hozirgi zamon jahon siyosatida mazkur tashkilotning roli va o’rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, – dedi Islom Karimov. |
Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi aloqalar nafaqat diplomatik, balki iqtisodiy asoslarda rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi. - Bunda uzoq yillar davomida xalqlarimizning tarixiy, diniy va madaniy jihatdan mushtarak taraqqiyoti asosiy mezon bo‘lmoqda, - deya alohida ta’kidladi Yurtboshimiz. O‘zbekiston bilan Ummon o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va hamkorlik ruhida rivojlanmoqda. 2009 yil oktabr oyida Prezident Islom Karimovning Ummon Sultonligiga davlat tashrifi doirasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik asoslari, havo transporti qatnovi, shuningdek, neft-gaz, kimyo, qurilish tarmoqlari, ta’lim, sayyohlik, madaniy va gumanitar sohalarga oid o‘ndan ziyod muhim hujjatlar imzolangan edi. |
Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘. O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o‘zligini yo‘qotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish tom ma’noda milliy qadriyatga aylandi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 24 martda qabul qilingan «Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 65 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan ehtiromning yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur farmonga muvofiq barcha shahar va tumanlarda, qishloq va mahallalarda urush qatnashchilari va nogironlariga yubiley medali va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. |
Davlatimiz rahbari yuqori martabali mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotganidan mamnuniyat izhor etdi. – Sizning ushbu tashrifingiz O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida hamkorlik aloqalarining mustahkamlanib borayotganidan yana bir dalolatdir, – dedi Islom Karimov. |
Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, jumladan, bunday dedi: - Sizning Toshkent shahrida o‘tayotgan Osiyo taraqqiyot banki 43-yillik majlisi ishida ishtirokingizni O‘zbekistonga, bizning butun mintaqamizga hurmat belgisi sifatida qabul qilamiz. O‘zbekiston bojxonachilari Sizning tashkilotingiz zamonaviy uslub va andozalarni ishlab chiqish va joriy etish, sohada malakali kadrlarni tayyorlash masalalarida ko‘rsatayotgan amaliy yordamdan bahramand bo‘lmoqda. Biz Jahon bojxona tashkilotining xalqaro savdo tizimidagi, ayniqsa, savdo qoidalari va protseduralarini ishlab chiqishdagi samarali rolini yaxshi tushunamiz. |
- Fursatdan foydalanib, Siz orqali Yaponiya rahbariyati va xalqiga o‘zimning samimiy hurmat-ehtiromimni izhor etmoqchiman. Osiyo taraqqiyot banki majlisida Yaponiya delegatsiyasiga shaxsan rahbarlik qilayotganingiz biz uchun katta sharaf va ayni paytda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlangan va yil sayin mustahakamlanib borayotgan do‘stona munosabatlarning dalolatidir, - deya ta’kidladi davlatimiz rahbari yuqori martabali mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan. Bugungi kunda O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlari 2002 yilda imzolangan Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bayonot ruhida jadal rivojlanmoqda. Ayni paytda Yaponiya mamlakatimizning ko‘p yillik va ishonchli sarmoyaviy sheriklaridan biridir. Uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan moliya vositalari hajmi salkam 2 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi. |
Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, jumladan shunday dedi: - Fursatdan foydalanib, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao janoblariga Osiyo taraqqiyot bankining 43-yillik majlisiga Sizning rahbarligingizdagi nufuzli delegatsiyani yuborish to‘g‘risidagi qarori uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu, shubhasiz, oliy maqomdagi mazkur xalqaro anjumanning obro‘-e’tiborini yanada oshiradi. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan yaqin do‘stona munosabatlarni yuksak qadrlaymiz va bugun Xitoyning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi ortib borishining asoslari Den Syao Pin tomonidan ishlab chiqilganini yaxshi bilamiz. |
Avvalambor, Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 43-yillik majlisi ishtirokchilarini, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillarini va Toshkentga tashrif buyurgan barcha mehmonlarni chin dildan qutlashga ijozat bergaysiz. Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari orasida birinchi bo’lib ushbu muhim voqeani o’tkazishgaO’zbekiston poytaxti tanlangani biz uchun katta sharaf va mazkur qarorni qabul qilgan Osiyo taraqqiyot bankiga a’zo mamlakatlar hukumatlarigasamimiy minnatdorlik izhor etamiz. |
Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor sohalari bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar strategik ahamiyatga ega ekanini, O‘zbekiston bilan Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lami izchil kengayib borayotganini ta’kidladi. – OTBning Toshkentda o‘tadigan yillik majlisida Jahon banki vakillarining ishtirok etishi O‘zbekiston Respublikasi bilan Jahon banki o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajada rivojlanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi, – dedi Islom Karimov. |
Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, mamlakatimiz bilan ko‘p yillardan buyon yaqin hamkorlik qilib kelayotgan OTB haqli ravishda eng nufuzli va yetakchi xalqaro moliya muassasalaridan biri ekanini ta’kidladi. Bankning O‘zbekiston bilan izchil amalga oshirib kelayotgan hamkorlik strategiyasi buning tasdig‘idir. – Osiyo taraqqiyot bankining navbatdagi majlisiga mezbon sifatida Toshkent tanlangani uchun Sizga minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz. Bunday nufuzli xalqaro anjumanning Toshkentda o‘tkazilishi mamlakatimiz uchun katta sharaf, ayni paytda tarixiy voqeadir. Osiyo taraqqiyot banki boshqaruvchilarining keyingi majlislarida umumiy qiymati 1 milliard 140 million AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan to‘rt yirik sarmoyaviy loyiha ma’qullandi. |





O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 21 may kuni Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yan Szechini qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 14 may kuni Oqsaroyda Ummon Sultonligi tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Yusuf bin Alaviy bin Abdullani qabul qildi.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan e’lon qilingan 9 may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 4 may kuni Oqsaroyda Koreya Respublikasi strategiya va moliya vaziri Chjin Xyon Yunni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 4 may kuni Oqsaroyda Jahon bojxona tashkiloti (JBT) Bosh kotibi Kunio Mikuriyani qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 3 may kuni Oqsaroyda Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Naoto Kanni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 3 may kuni Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi moliya vaziri Se Syuyjenni qabul qildi.
Muhtaram prezident Kuroda!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 30 aprel kuni Oqsaroyda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Filipp Le Ueyruni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 30 aprel kuni, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruvchilar kengashining 43-yillik majlisi arafasida Oqsaroyda OTB prezidenti Xaruxiko Kurodani qabul qildi.
RSS