18.08.2010
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘n to‘qqiz yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2010 yil 28 avgust shanba va 29 avgust yakshanba dam olish kunlari 2010 yil 30 avgust dushanba va 31 avgust seshanba kunlariga ko‘chirilsin.
28 avgust shanba va 29 avgust yakshanba kunlari ish kunlari deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri,
2010 yil 18 avgust.





RSS