O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O’zbekistonning milliy bayrami munosabati bilan Sizga o’zimning samimiy qutlovlarimni, mamlakatingiz va xalqingizga baxt-saodat va farovonlik tilab bildirgan ezgu istaklarimni yo’llashdan baxtiyorman.
Fursatdan foydalanib, mamlakatingiz bilan siyosiy muloqotni davom ettirish, shuningdek, iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohalardagi hamda oliy o’quv yurtlari doirasidagi munosabatlarimizni mustahkamlash va diversifikatsiya qilish g’oyalariga sodiq ekanimni ta’kidlashga ijozat bergaysiz.
Munosabatlarimiz va hamkorligimiz ravnaqi demokratik qadriyatlarni rivojlantirishga, huquqiy davlat va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonchim komil. Umid qilamanki, ikki tomonlama munosabatlarimiz Yevropa Ittifoqi bilan O’zbekiston o’rtasidagi muloqot va hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi.
Yaqinda Qirg’izistonda ro’y bergan fojiali voqealar chog’ida mamlakatingiz qochqinlarni qabul qilib, ulkan xayrli ishlarni amalga oshirdi va shu tariqa vaziyat barqarorlashishiga ko’maklashdi. Sizni ishontirib aytamanki, Fransiya ushbu inqiroz bilan bog’liq voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda va Qirg’izistonda huquqiy davlat imkon qadar tez tiklanishi tarafdoridir.
Muhtaram Prezident Janoblari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Nikolya Sarkozi,
Fransiya Respublikasi Prezidenti
* * *
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Mustaqillik kuni nishonlanishi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini va O’zbekiston xalqini chin dildan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz.
Samimiy qutlovlarim va eng ezgu tilaklarimni qabul etgaysiz.
Samimiy ehtirom ila,
Elizaveta II,
Buyuk Britaniya Qirolichasi Zoti Oliyalari
* * *
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Sizni va mamlakatingiz xalqini O’zbekiston Respublikasining milliy bayrami bilan chin dildan muborakbod etishga ijozat bergaysiz.
Mamlakatingizning mustaqillik kuni nishonlanayotgan ushbu ayyomda Sizni ishontirib aytamanki, Slovakiya Respublikasi xalqlarimiz farovonligi va mamlakatlarimiz manfaatlari yo’lida do’stona munosabatlarimiz va o’zaro hamkorligimizni rivojlantirishga bundan buyon ham alohida e’tibor beradi. Sizning Slovakiyaga buyurajak tashrifingiz buning yorqin dalili bo’ladi.
Sizga va butun O’zbekiston Respublikasi xalqiga kattadan-katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Janobi Oliylari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Ivan Gashparovich,
Slovakiya Respublikasi Prezidenti
* * *
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Islom Abdug’aniyevich!
Sizni va Siz orqali butun O’zbekiston xalqini mamlakatingizning milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan o’z nomimdan va Ozarboyjon xalqi nomidan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz.
Ko’p asrlar mobaynida mustahkam rishtalar bilan bog’langan xalqlarimizning orzu-umidlari va xohish-irodasi Ozarboyjon-O’zbekiston munosabatlarining asosini tashkil etadi. Ishonchim komilki, biz bundan buyon ham o’zaro ishonch va hamjihatlikka asoslangan har tomonlama do’stona aloqalarimizni, davlatlarimiz o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashni, shuningdek, hamkorligimiz ko’lamini kengaytirishni birgalikda izchil davom ettiraveramiz.
Ushbu ulug’ ayyomda, muhtaram Islom Abdug’aniyevich, mening eng ezgu tilaklarim va tabriklarimni qabul etgaysiz, Sizga mustahkam sog’liq, ishlaringizda muvaffaqiyatlar, O’zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman.
Ehtirom ila,
Ilhom Aliyev,
Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti
* * *
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!
Davlatingiz mustaqillik kuni munosabati bilan Saudiya Arabistoni xalqi, hukumati va shaxsan o’z nomimdan Siz, Janobi Oliylariga eng ezgu tilaklar va samimiy istaklarimni yo’llashdan bag’oyat mamnunman.
Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, birodar O’zbekiston xalqiga esa davomiy taraqqiyot va ravnaq tilayman.
Samimiy ehtirom ila,
Birodaringiz
Abdulloh bin Abdulaziz Ol Saud,
Ikki muqaddas masjid xodimi
Saudiya Arabistoni Podshohi
* * *
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!
Mamlakatingiz mustaqillik kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga ezgu tilaklar va samimiy istaklarimni yo’llashdan mamnunman.
Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, birodar O’zbekiston xalqiga esa taraqqiyot va ravnaq tilayman.
Samimiy ehtirom ila,
Birodaringiz
Sulton bin Abdulaziz Ol Saud,
Saudiya Arabistoni Valiahdi,
Vazirlar Mahkamasi Raisining o’rinbosari,
Mudofaa va aviatsiya vaziri, Bosh nazoratchi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Islom Abdug’aniyevich!
Sizni O’zbekistonning Mustaqillik kuni bilan muborakbod etaman.
O’tgan yillar mobaynida Sizning rahnamoligingizda mamlakatingiz iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy yangilanishlarni amalga oshirishda, o’zining xalqaro nufuzini yuksaltirishda ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi.
Rossiya-O’zbekiston hamkorligi strategik sheriklik va ittifoqchilik tamoyillari asosida izchil rivojlanmoqda. Ishonch bilan qayd etish mumkinki, mamlakatlarimizni nafaqat umumiy tarix, ayni paytda turli sohalarda birgalikda erishilayotgan yutuqlar ham bir-biriga yaqinlashtiradi. Bizning Siz bilan doimo samarali bo’lib kelgan ochiq muloqotlarimiz ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga, amaliy masalalarni tezkor va samarali hal etishga ulkan ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Ishonchim komilki, bunday yaqin hamjihatlik biz uchun bundan buyon ham o’zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbol va yo’nalishlarini ochaveradi, ayni paytda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sizga mustahkam sihat-salomatlik, O’zbekiston xalqiga farovonlik tilayman.
Dmitriy Medvedev,
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
* * *
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Mamlakatingizning yaqinlashib kelayotgan milliy Mustaqillik kuni bilan Sizni va butun O’zbekiston Respublikasi xalqini muborakbod etish menga katta mamnuniyat baxsh etadi. Joriy yilning aprel oyida mamlakatingizga tashrifim, uning asnosida ko’rsatilgan izzat-ikrom va xalqingiz madaniyatidan olgan taassurotlarim bir umr yodimda qoladi.
Ushbu fursatdan foydalanib, Qirg’iziston janubida fojeali voqealar sodir etilgan chog’da O’zbekistonning bag’rikenglik va vazminlik bilan tutgan pozitsiyasi uchun samimiy minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz. O’zbekiston rahbariyatining Qirg’iziston janubidan kelgan odamlarni kutib olish va qabul qilishga tayyorligi gumanitar inqiroz bartaraf etilishiga salmoqli hissa bo’lib qo’shildi.
Sizni ishontirib aytamanki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti O’zbekiston xalqi farovonligi hamda Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash yo’lida hamkorligimizni yanada mustahkamlashga tayyordir. Sizning kelasi oyda Nyu-Yorkka bo’ladigan tashrifingiz chog’ida Siz bilan muzokara o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lamiz, degan umiddaman.
Janobi Oliylari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Pan Gi Mun,
BMT Bosh kotibi
* * *
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Mamlakatingizning Mustaqillik kuni munosabati bilan Koreya Respublikasi hukumati va xalqi nomidan Sizga va O’zbekiston Respublikasi xalqiga o’zimning samimiy qutlovlarim va eng ezgu tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Fursatdan foydalanib, shuni mamnuniyat bilan ta’kidlashni istardimki, mamlakatlarimiz o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar barqaror rivojlanmoqda. Do’stona aloqalarimiz va hamkorligimiz kelgusida ham ikki tomon uchun foyda keltiraverishiga ishonchim komil.
Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sihat-salomatlik, baxt-saodat, barcha xayrli ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab bildirgan eng ezgu istaklarimni qabul etgaysiz.
Li Myon Bak,
Koreya Respublikasi Prezidenti
* * *
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Islom Abdug’aniyevich!
O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga va Siz orqali mamlakatingizning birodar xalqiga o’zimning samimiy qutlov va tilaklarimni izhor etishdan mamnunman.
Aminmanki, mamlakatlarimiz o’rtasida qaror topgan yuksak darajadagi ikki tomonlama munosabatlar xalqlarimiz farovonligi yo’lida o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash uchun puxta zamin bo’lib xizmat qiladi.
Ushbu ajoyib fursatdan foydalanib, Sizga chin dildan mustahkam sihat-salomatlik, xush kayfiyat, kuch-g’ayrat, O’zbekistonning birodar xalqiga esa tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilayman.
Kamoli ehtirom ila,
Gurbanguli Berdimuhamedov,
Turkmaniston Prezidenti
* * *
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Islom Abdug’aniyevich!
Mamlakatingizning milliy bayrami – Mustaqillik kuni bilan Belarus xalqi va shaxsan o’z nomimdan Sizni va O’zbekiston xalqini samimiy muborakbod etaman.
Aminmanki, Belarus Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi ikki tomonlama aloqalarning mavjud ulkan salohiyatini to’la ishga solishga, xalqlarimiz farovonligi yo’lida bir-birimizni qo’llab-quvvatlagan va hurmat qilgan, mamlakatlarimizning manfaatlarini inobatga olgan holda, do’stona munosabatlarimizni rivojlantirishga butun kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi.
Sizga, muhtaram Islom Abdug’aniyevich, chin dildan mustahkam sihat-salomatlik va davlatni boshqarishdek mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, O’zbekiston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va ravnaq tilayman.
Ehtirom ila,
Aleksandr Lukashenko,
Belarus Respublikasi Prezidenti
* * *
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Indoneziya Respublikasi hukumati va xalqi nomidan Sizga va O’zbekiston xalqiga samimiy qutlovlar va eng ezgu tilaklarimni yo’llash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Ushbu fursatdan foydalanib, kelgusida Indoneziya bilan O’zbekiston o’rtasidagi do’stona munosabatlar va ikki tomonlama hamkorlik izchil rivojlanib boraveradi, deb ishonch bildirishga ijozat bergaysiz. Ishonchim komilki, mamlakatlarimiz bundan buyon ham xalqlarimiz farovonligi yo’lida ko’p tomonlama asosda hamkorlikni davom ettiraveradi.
Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sihat-salomatlik va baxt-saodat tilab bildirgan eng ezgu istaklarimni qabul qilgaysiz.
Doktor X. Susilo Bambang Yudxoyono,
Indoneziya Respublikasi Prezidenti
* * *
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O’zbekiston Respublikasining milliy bayrami nishonlanishi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga va barcha hamyurtlaringizga ezgu tilaklarim bildirilgan qutlovlarimni yo’llashdan g’oyat baxtiyorman. Parvardigorga iltijo qilib, o’z sa’y-harakatlarini iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy ne’matlardan barcha birdek foydalana oladigan yanada ahil jamiyat barpo etishga, eng muhim umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo’lishga yo’naltirgan hech bir bandasidan o’z inoyatini darig’ tutmaslikni so’rab qolaman. Yaratgandan Siz, Janobi Oliylariga va butun mamlakatingiz xalqiga ro’shnolik va barakot nozil qilishini so’rayman.
Benedikt
XVI,
Rim Papasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O’zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Bosniya va Gersegovina hukumati nomidan samimiy qutlovlarimni qabul qilgaysiz.
Fursatdan foydalanib, ishonch bildiramanki, O’zbekiston Respublikasi bilan Bosniya va Gersegovina o’rtasidagi do’stona munosabatlar xalqlarimiz farovonligi yo’lida bundan buyon ham rivojlanib boraveradi.
Janobi Oliylari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Bosniya va Gersegovina Prezidiumi Raisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga va xalqingizga shaxsan o‘zim va vatandoshlarim nomidan yo‘llayotgan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida turli jabhalarda yaqin munosabatlar o‘rnatildi. Germaniya kelajakda ham mamlakatingizni siyosiy va iqtisodiy rivojlantirish jarayonida ishonchli hamkor bo‘lishga tayyor.
2010 yilning aprelida “Termiz” aeroportidan foydalanish to‘g‘risida yangi bitimning imzolanishi munosabati bilan mamlakatlarimiz hukumatlari xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi alohida sheriklik munosabatlarini yangiladi va kelgusida ham biz bu munosabatlarni o‘zaro manfaatlarimiz yo‘lida qo‘llab-quvvatlashni istaymiz.
Sizga va oilangizga sihat-salomatlik, O‘zbekiston xalqiga doimiy tinchlik, ozodlik, xavfsizlik va farovonlik tilayman.
Ehtirom bilan,
Kristian Vulff,
Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklarimni yo‘llash, Sizga baxt-saodat, mamlakatingiz xalqiga farovonlik tilashga ijozat bergaysiz.
Akixito,
Yaponiya Imperatori
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Mamlakatingizning Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘zimning samimiy tabriklarimni izhor etish menga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi yaqin va do‘stona munosabatlar umumiy tarixiy hamda madaniy merosga asoslanadi. Biz O‘zbekiston Respublikasi bilan munosabatlarimizni yuksak qadrlaymiz. Ishonchim komilki, ko‘p tomonlama aloqalarimiz kelajakda ham rivojlanib, yanada mustahkamlanib boraveradi.
Ushbu fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga chin dildan mustahkam sihat-salomatlik, do‘st O‘zbekiston xalqiga esa baxt-saodat va farovonlik tilayman.
Kamoli ehtirom bilan,
Pratibxi Devisingx Patil,
Hindiston Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Mamlakatingizning Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga va O‘zbekiston xalqiga samimiy qutlov va tabriklarimni yo‘llash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi an’anaviy yaqin va do‘stona munosabatlar izchil mustahkamlanib bormoqda. Hamkorligimiz ko‘plab sohalarni qamrab olgan. Hindiston ikki tomonlama munosabatlarimizni yanada rivojlantirish tarafdoridir.
Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sihat-salomatlik va baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqiga farovonlik tilab bildirgan eng ezgu istaklarimni qabul qilgaysiz.
Kamoli ehtirom bilan,
Manmoxan Singx,
Hindiston Bosh vaziri
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Mamlakatingizning milliy bayrami munosabati bilan Gretsiya xalqi va shaxsan o‘z nomimdan yo‘llayotgan samimiy qutlovlarimni qabul qilgaysiz. O‘zbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq, Sizga sihat-salomatlik tilayman.
Karolos Papulias,
Gretsiya Respublikasi Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Bolgariya xalqi va shaxsan o‘z nomimdan yo‘llayotgan samimiy qutlovlarimni qabul qilgaysiz, do‘st o‘zbek xalqiga esa tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman.
Fursatdan foydalanib, Bolgariya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi bilan munosabatlarni chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini hamda Yevropa ittifoqi bilan mamlakatingiz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro hamjihatlikni kengaytirishga ko‘maklashishga tayyor ekanimizni yana bir bor ta’kidlashni istayman.
Shaxsan Sizga sihat-salomatlik, o‘ta mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman, muhtaram Prezident Janoblari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Georgi Prvanov,
Bolgariya Respublikasi Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Aziz birodarim!
Sizni va qardosh O‘zbekiston xalqini milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan shaxsan o‘zim va Turkiya xalqi nomidan samimiy tabriklayman.
Xalqlarimiz o‘rtasidagi samimiylik va birodarlik tuyg‘ulari yuz yillar mobaynida shakllangan mushtarak tariximiz va madaniyatimizga asoslanadi. Ishonchim komilki, ushbu o‘zaro do‘stlik va birodarlik tuyg‘ulari davlatlarimiz o‘rtasidagi eng katta boylik – hamjihatlik va birdamlikning, shuningdek, xalqlarimizning ozod va farovon kelajagining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Mintaqaning yetakchi davlatlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston bilan barcha jabhalardagi munosabatlarni mustahkamlash Turkiya uchun strategik ahamiyatga ega.
Sizning oqilona rahnamoligingizda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda va xalqaro miqyosda xavfsizlik, barqarorlik va tinchlikni ta’minlashga ulkan hissa qo‘shayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Shu nuqtai nazardan, Siz, Janobi Oliylarini turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar rahbarlarining 2010 yilning 15-16 sentabr kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitida qutlashdan g‘oyat mamnun bo‘lur edik.
Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman.
Abdulla Gul,
Turkiya Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Bismillohir rahmonir rahiym!
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylari va O‘zbekiston xalqini samimiy tabriklashga ijozat etgaysiz.
Umid qilamanki, bizning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlarimiz davlatlarimizning yanada gullab-yashnashiga xizmat qiladi.
Parvardigordan Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston hukumati va xalqiga tinchlik-osoyishtalik va baxt-saodat ato etishini tilayman.
Mahmud Ahmadinejod,
Eron Islom Respublikasi Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 19 yilligi munosabati bilan Singapur xalqi nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga samimiy va eng ezgu tilaklarimni yo‘llash menga mamnuniyat baxsh etadi.
Ishonchim komilki, O‘zbekiston Sizning dono rahbarligingizda bundan buyon ham izchil rivojlanib boraveradi. Umid qilamanki, Siz, Janobi Oliylari bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin do‘stona aloqalar va hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi hamkorligimiz davom etaveradi.
Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sihat-salomatlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Samimiy ehtirom bilan,
Sellapan Ram Natan,
Singapur Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qutlug‘ sanasi munosabati bilan Sizga va butun O‘zbekiston xalqiga o‘zimning samimiy tabriklarimni yo‘llash menga katta mamnuniyat baxsh etadi.
Biz xalqlarimizni asrlar davomida bog‘lab turgan do‘stlik va qo‘shnichilik rishtalarini qadrlaymiz va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning boy salohiyatidan foydalanish uchun bor kuchimizni sarflashga tayyormiz.
Ishonchim komilki, davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik bundan buyon ham tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot yo‘lida izchil rivojlanaveradi.
Sizga, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich, mustahkam sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga farovonlik, tinchlik-xotirjamlik tilashga ijozat bergaysiz.
Ehtirom ila,
Imomali Rahmon,
Tojikiston Respublikasi Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich!
O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan chin dildan yo‘llayotgan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘zining rivojlanish modelini izchil amalga oshirib, keng ko‘lamli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yo‘lidan borib, yuksak natijalarga erishdi va jahon hamjamiyatidan o‘zining munosib o‘rnini egalladi.
Ushbu fursatdan foydalanib, Qirg‘iziston bundan buyon ham Qirg‘iziston-O‘zbekiston hamkorligini yaqin qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va ochiqlik prinsiplari asosida yanada samarali rivojlantirish va kengaytirish tarafdori bo‘lib qolishini ta’kidlashga, bu borada Siz ko‘rsatayotgan sa’y-harakatlar uchun minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.
Sizga, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich, chin dildan sihat-salomatlik, o‘ta mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman.
Roza Otunboyeva,
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich!
O‘zbekistonning milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan yo‘llayotgan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
Ishonchim komilki, Gruziya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi an’anaviy samimiy va do‘stona munosabatlar kelgusida ham xalqlarimiz ravnaqi va farovonligi yo‘lida yanada mustahkamlanaveradi.
Sizning oqilona rahnamoligingizda qardosh O‘zbekiston o‘z mustaqilligini mustahkamlab, xalqaro nufuzini yuksaltirgan holda erishayotgan muvaffaqiyatlarni barchamiz yuksak qadrlaymiz.
Sizga, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich, chin dildan mustahkam sihat-salomatlik, o‘ta mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilayman.
Ehtirom ila,
Mixail Saakashvili,
Gruziya Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami munosabati bilan Sizga va O‘zbekiston xalqiga samimiy qutlovlarim va eng ezgu tilaklarimni yo‘llash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Fursatdan foydalanib, Moldova Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishi bundan buyon ham davlatlarimizning barqaror rivojlanishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratishiga qat’iy ishonch bildirishga ijozat bergaysiz.
Janobi Oliylari, o‘ta mas’uliyatli faoliyatingizda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilayman. Sizga bildirayotgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Mixay Gimpu,
Moldova Respublikasi Prezidenti
vazifasini bajaruvchi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Mamlakatingizning Mustaqillik kuni munosabati bilan Falastin xalqi va shaxsan o‘z nomimdan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklarimni yo‘llash va qardosh O‘zbekiston xalqiga bayramni katta shodiyonalar bilan nishonlash tilagini bildirish menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi. Ushbu muhim sana xalqingizga ezgulik, farovonlik va barqarorlik olib kelsin.
Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sihat-salomatlik tilayman. Xalqlarimiz va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari yanada mustahkamlanaversin va rivojlanaversin!
Kamoli ehtirom ila,
Mahmud Abbos,
Falastin Ozodlik Tashkiloti
Ijroiya Qo‘mitasi Raisi,
Falastin Milliy Ma’muriyati Raisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Mamlakatingiz mustaqilligining 19 yilligi munosabati bilan chin dildan yo‘llayotgan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
Fursatdan foydalanib, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar bundan buyon ham mamlakatlarimiz xalqlari manfaatlari yo‘lida yanada rivojlanaverishiga ishonch bildirishga ijozat bergaysiz.
Sizga chin dildan mustahkam sihat-salomatlik va o‘ta mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi
Oliy Xalq Yig‘ini Prezidiumi Raisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga va butun O‘zbekiston xalqiga Amerika xalqi nomidan yo‘llayotgan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
1-sentyabr kuni O‘zbekiston xalqini davlat mustaqilligi va suverenitetining 19 yilligi bilan muborakbod etish bizga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Ishonchim komilki, istiqbolda ham mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasida birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz izchil davom etadi.
Mustaqillik bayrami shodiyonalari Sizga va O‘zbekiston xalqiga shodu xurramlik, tinchlik va fayzu baraka olib kelsin.
Kamoli ehtirom bilan,
Barak Obama,
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy qutlovlar yo‘llashdan g‘oyat baxtiyorman. Ushbu fursatdan mamnuniyat bilan foydalanib, chin dildan Sizga sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga kelajagi yanada porloq bo‘lishini tilayman.
Xayns Fisher,
Avstriya Respublikasi Federal Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich!
O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Ukraina xalqi va shaxsan o‘z nomimdan yo‘llayotgan samimiy qutlovlarim va eng ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.
Ishonchim komilki, Ukraina va O‘zbekistonning qardosh xalqlari o‘rtasidagi uzoq yillik umumiy tarixga, o‘zaro ishonch va hamjihatlikka asoslangan an’anaviy do‘stona munosabatlar davlatlarimiz manfaatlari yo‘lida bundan buyon ham muvaffaqiyatli rivojlanib boraveradi.
Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich, baxt-saodat, mustahkam sihat-salomatlik va davlatni boshqarishdek o‘ta mas’uliyatli faoliyatingizda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston Respublikasining do‘st xalqiga esa tinchlik-xotirjamlik, farovonlik va ravnaq tilayman.
Kamoli ehtirom ila,
Viktor Yanukovich,
Ukraina Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 19 yilligi nishonlanayotgan ushbu ayyomda Jazoir xalqi va hukumati hamda shaxsan o‘z nomimdan Sizga samimiy qutlovlarimni yo‘llash, chin dildan Sizga mustahkam sog‘lik va baxt- saodat, O‘zbekistonning do‘st xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Fursatdan foydalanib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va do‘stlik aloqalari izchil rivojlanib borayotganidan mamnuniyat izhor etmoqchiman. Sizni ishontirib aytamanki, xalqlarimiz farovonligi yo‘lida bunday aloqalarni yanada mustahkamlash borasida birgalikda sa’y-harakat ko‘rsatishga hamisha tayyorman.
Prezident Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan g‘oyat yuksak hurmat-ehtiromimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Abdulaziz Buteflika,
Jazoir Xalq Demokratik
Respublikasi Prezidenti
* * *
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
1 sentyabr – O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kunining 19 yilligi nishonlanishi munosabati bilan YuNESKO va shaxsan o’z nomimdan yo’llayotgan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
Ushbu imkoniyatdan foydalanib, O’zbekiston YuNESKO dasturlarida faol ishtirok etayotgani, Tashkilotimiz vazifalarini izchil bajarishga, jumladan, madaniyat sohasidagi maqsadlariga erishishga mamlakatingiz ulkan hissa qo’shayotgani uchun Sizga alohida minnatdorlik izhor etaman.
YuNESKOning O’zbekiston bilan yaqin hamkorligi 1993 yilda boshlangan. Mamlakatingiz hukumati tashabbusi bilan Tashkilot Ijroiya kengashi o’zining 154-sessiyasi yakuniy majlisini Toshkentda o’tkazgan 1998 yildan ikki tomonlama hamkorlik yangi rivojlanish pallasiga kirdi. Ma’lumki, ushbu tadbir doirasida Tinchlik madaniyati bo’yicha muhim rezolyutsiya – “Toshkent deklaratsiyasi” deb nom qozongan hujjat qabul qilindi. Shu bilan birga, mamlakatingiz tomonidan madaniyatlararo muloqotni yanada kengaytirish va Buyuk ipak yo’li bo’yidagi davlatlarning yanada yaqin hamkorligini rivojlantirish borasida ilgari surilgan ko’plab tashabbuslar ham tahsinga sazovordir. Buyuk ipak yo’lini tiklashga qaratilgan qator tadbirlar YuNESKO shafe’ligidagi ikkinchi toifali institut sifatida 1995 yilda Samarqand shahrida asos solingan Xalqaro Markaziy Osiyo tadqiqotlari institutining loyihalari bilan amalga oshirilganini qayd etish menga tom ma’noda ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Ishonchim komilki, Sizning dono rahnamoligingiz va oqilona rahbarligingiz bilan O’zbekiston YuNESKOning a’zosi, jumladan, YuNESKO Ijroiya kengashining yetakchi a’zosi sifatida Tashkilot oldidagi vazifalarni bajarishda faollik ko’rsataveradi, mamlakatingiz bilan YuNESKO o’rtasidagi a’lo darajadagi munosabatlar bundan buyon ham samarali rivojlanib boraveradi. Sizni ishontirib aytamanki, bu maqsadlarga erishish uchun o’zimning bor kuch-g’ayratimni safarbar etishga tayyorman.
Mamlakatingiz mustaqilligining 19 yilligi munosabati bilan Sizga va O’zbekiston xalqiga yana bir bor o’zimning samimiy tabriklarimni izhor etaman, Siz, Janobi Oliylariga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilishingizni so’rayman.
Irina Bokova,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti
Bosh direktori
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Latviya xalqi nomidan Sizga va O’zbekiston xalqiga chin dildan eng ezgu tabriklarni yo’llash menga katta sharaf va mamnuniyat baxsh etadi.
Fursatdan foydalanib, mamlakatlarimiz o’rtasida qaror topgan do’stona munosabatlar yil sayin rivojlanib, ravnaq topib boraveradi, deb ishonch bildirishga ijozat bergaysiz.
Janobi Oliylari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni hamda O’zbekiston Respublikasi xalqiga farovonlik va ravnaq tilab bildirgan istaklarimni qabul qilgaysiz.
Ehtirom ila,
Valdis Zatlers,
Latviya Respublikasi Prezidenti
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Islom Abdug’aniyevich!
O’zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan yo’llayotgan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
Ishonchim komilki, mushtarak madaniyat va an’analar bilan bog’langan Qozog’iston va O’zbekiston ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo’lida o’zaro foydali hamkorlikni mustahkamlab va rivojlantira borib, doimo do’stlik va yaxshi qo’shnichilik rishtalariga sodiq qoladi.
Shubha yo’qki, avval erishilgan kelishuvlarni hayotga joriy etish borasidagi ishlarimiz yaxshi qo’shnichilik va bir-birining manfaatlarini hurmat qilishga asoslangan Qozog’iston-O’zbekiston munosabatlarini yanada mustahkamlashga munosib hissa bo’lib qo’shiladi.
Muhtaram Islom Abdug’aniyevich, Sizga mustahkam sihat-salomatlik va faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, O’zbekiston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilashga ijozat bergaysiz.
Samimiy tilaklar ila,
Nursulton Nazarboyev,
Qozog’iston Respublikasi Prezidenti
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Mamlakatingiz Mustaqillik kunining 19 yilligi munosabati bilan shaxsan o’z nomimdan va Afg’oniston xalqi nomidan Siz, Janobi Oliylariga va O’zbekiston Respublikasining do’st, birodar xalqiga chin dildan eng samimiy tabriklarimni izhor etish menga mamnuniyat baxsh etadi.
Biz Afg’oniston bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi kun sayin rivojlanib, mustahkamlanib borayotgan do’stona munosabatlarni qo’llab-quvvatlaymiz, hamkorligimizning kengayishi bizga quvonch bag’ishlaydi.
O’zbekiston Respublikasi bilan yaxshi qo’shnichilik va o’zaro hurmat tamoyillariga asoslangan do’stona munosabatlarni yuksak qadrlaymiz, bu munosabatlar siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda yanada ravnaq topishining tarafdorimiz.
Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar, O’zbekistonning do’st va birodar xalqiga baxt-saodat va ravnaq tilayman.
Hamid Karzay,
Afg’oniston Islom Respublikasi Prezidenti
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Mamlakatingizning milliy bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni munosabati bilan Mo’g’uliston xalqi va shaxsan o’z nomimdan Sizni va Siz orqali O’zbekistonning do’st xalqini samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz.
Mo’g’uliston bilan O’zbekiston, mamlakatlarimiz xalqlari o’rtasidagi ikki tomonlama do’stona munosabatlar va o’zaro manfaatli hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanib, kengayib borayotganini ta’kidlash menga alohida mamnuniyat baxsh etadi.
ShHTning joriy yil iyun oyida Toshkentda o’tgan sammiti asnosida Siz bilan bo’lgan uchrashuvimiz va suhbatlarimiz menda unutilmas taassurot qoldirdi. Biz kelgusi 2011 yilda mamlakatlarimiz o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilganining yigirma yilligini nishonlash arafasida turibmiz. Shu munosabat bilan Sizni o’zingiz uchun qulay vaqtda Mo’g’ulistonga tashrif buyurishga taklif etaman.
Sizga, muhtaram Prezident Janobi Oliylari, kattadan-katta muvaffaqiyatlar va sihat-salomatlik, O’zbekistonning do’st xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilayman.
Kamoli ehtirom ila,
Saxiagiyn Elbegdorj,
Mo’g’uliston Prezidenti
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu!
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O’zbekiston Respublikasi o’z Mustaqillik kunini nishonlayotgani munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklarimni yo’llash, Sizga mustahkam sihat-salomatlik va baxt-saodat, O’zbekiston xalqiga Sizning dono rahnamoligingizda yanada ravnaq va farovonlik tilash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Ushbu qulay fursatdan foydalanib, xalqlarimiz o’rtasidagi islomiy birodarlik rishtalarini yuksak qadrlashimni hamda mamlakatlarimiz xalqlari va butun musulmon ummatining farovonligi yo’lida o’zaro hamjihatligimizni mustahkamlash va munosabatlarimizni rivojlantirish uchun Siz, Janobi Oliylari bilan hamkorlikni davom ettirishga intilishimni ta’kidlashga ijozat bergaysiz.
Kamoli ehtirom ila,
Muhammad VI,
Marokash Podshohi
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga yo’llayotgan samimiy tabriklarimni hamda Sizga sihat-salomatlik va baxt-saodat, O’zbekiston Respublikasi va uning xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilab bildirgan istaklarimni qabul qilgaysiz.
Pumipon Adulyadet,
Tailand Qiroli
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Mamlakatingizning Mustaqillik kuni munosabati bilan Kanada xalqi nomidan Sizga va O’zbekiston Respublikasi xalqiga samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklar yo’llash menga mamnuniyat baxsh etadi.
Ushbu yil Kanada bilan O’zbekiston o’rtasidagi do’stona munosabatlar yangi rivojlanish pog’onasiga ko’tarilgani bilan tarixga kiradi. So’nggi vaqtlarda mamlakatlarimiz o’rtasida yuksak maqomdagi delegatsiyalar tashriflari ko’paygani hamda ko’p tomonlama forumlar doirasidagi yaqin hamkorligimiz faollashgani ikki tomonlama aloqalarimiz rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.
Kelajakka yaxshi umidlar bilan boqib, ishonch bilan ayta olamanki, o’zaro munosabatlarimiz kelasi yil yanada rivojlanadi.
Ehtirom ila,
Mishel Jan,
Kanada General-gubernatori
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Sizni O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etishga hamda mamlakatingizga yanada izchil ravnaq va taraqqiyot tilab bildirgan eng ezgu istaklarimni izhor qilishga ijozat bergaysiz.
Fursatdan foydalanib, shuni ishonch bilan ta’kidlaymanki, Sloveniya Respublikasi bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi hamkorlik bundan buyon ham o’zaro hurmat va hamjihatlik ruhida kengayib, mustahkamlanib boraveradi.
Janobi Oliylari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Danilo Tyurk,
Sloveniya Respublikasi Prezidenti
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni nishonlanishi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga o’zimning samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni yo’llash menga ulkan sharaf va mamnuniyat baxsh etadi.
Ushbu fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sihat-salomatlik va baxt-saodat, O’zbekistonning birodar xalqiga farovonlik va ravnaq tilayman.
Kamoli ehtirom ila,
Muhammad Husniy Muborak,
Misr Arab Respublikasi Prezidenti
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklarimni yo’llash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sihat-salomatlik va faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, O’zbekiston xalqiga esa tinchlik-xotirjamlik va taraqqiyot tilayman.
Kamoli ehtirom ila,
Qobus bin Said,
Ummon Sultoni
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Mamlakatingiz Mustaqillik kuni bilan Siz, Janobi Oliylarini Qatar xalqi va o’z nomimdan samimiy muborakbod etaman.
Ishonchim komilki, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o’rtasida qaror topgan do’stona munosabatlar bundan buyon ham rivojlanib, mustahkamlanib boraveradi.
Fursatdan foydalanib, Sizga sihat-salomatlik va baxt-saodat, O’zbekiston xalqiga tinchlik va ravnaq tilayman.
Shayx Hamad Xalifa al-Soniy,
Qatar Davlati Amiri
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O’zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Iordaniya hukumati, xalqi va shaxsan o’z nomimdan Siz, Janobi Oliylarini, O’zbekiston hukumati va xalqini samimiy muborakbod etish menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Ushbu qulay fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sihat-salomatlik va baxt-saodat, O’zbekiston xalqiga esa yanada izchil taraqqiyot va farovonlik tilayman.
Kamoli ehtirom ila,
Abdulla II,
Iordaniya Podshohi
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O’zbekistonning milliy bayrami munosabati bilan o’z nomimdan hamda Tunis hukumati va xalqi nomidan Siz, Janobi Oliylarini samimiy muborakbod etish va Sizga sihat-salomatlik va baxt-saodat, O’zbekistonning birodar xalqiga esa taraqqiyot va ravnaq tilash menga mamnuniyat baxsh etadi.
Fursatdan foydalanib, mamlakatlarimiz o’rtasidagi birodarlik va hamkorlik rishtalari qardosh xalqlarimizning mushtarak manfaatlari yo’lida yanada izchil rivojlanishi va mustahkamlanishining tarafdori ekanligimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Zayn al-Obidiyn bin Ali,
Tunis Respublikasi Prezidenti
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuhu!
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga, O’zbekiston hukumati va xalqiga o’zimning samimiy tabriklarimni yo’llab, eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Umid qilamanki, biz mamlakatlarimiz o’rtasidagi do’stona munosabatlarni mustahkamlash borasida birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz.
Kamoli ehtirom ila,
Vassalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuhu!
Hoji Hassanal Bolkiax,
Bruney Sultoni
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni nishonlanayotgan ushbu ajoyib fursatdan foydalanib, Janubiy Afrika Respublikasi xalqi va hukumati hamda shaxsan o’z nomimdan Siz, Janobi Oliylariga, O’zbekiston Respublikasi hukumati va xalqiga eng samimiy tabriklarni izhor etish menga sharaf va mamnuniyat baxsh etadi.
Ushbu imkoniyatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sihat-salomatlik tilashga ijozat bergaysiz. Mamlakatlarimiz o’rtasidagi yaqin do’stlik rishtalari mustahkamlanaversin!
Janobi Oliylari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni yana bir bor izhor etishga ijozat bergaysiz.
Jeykob Zuma,
Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga, O’zbekiston hukumati va xalqiga Shri-Lanka hukumati va xalqi nomidan yo’llayotgan samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.
Shri-Lanka bilan O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlar do’stlik va o’zaro hurmat tamoyillari asosida rivojlanmoqda. Ishonchim komilki, mamlakatlarimizning hamkorligi bundan buyon ham xalqlarimizning mushtarak manfaatlari va farovonligi yo’lida kengayib, mustahkamlanib boraveradi.
Janobi Oliylari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Maxinda Rajapaksa,
Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik
Respublikasi Prezidenti
***
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuhu!
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Islom taraqqiyot banki nomidan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklar yo’llash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Fursatdan foydalanib, Parvardigordan mamlakatingizga yanada ravnaq va taraqqiyot ato etishini so’rayman.
Bank rahbariyati O’zbekiston Respublikasining Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuksak qadrlashini ta’kidlashga ijozat bergaysiz.
Janobi Oliylari, Sizga bo’lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Doktor Ahmad Muhammad Ali,
Islom taraqqiyot banki prezidenti
***
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Mamlakatingizning milliy bayrami munosabati bilan Sizga o‘zimning samimiy tabriklarimni va O‘zbekiston xalqiga farovonlik tilab bildirgan eng ezgu istaklarimni yo‘llash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Ishonchim komilki, O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari bundan buyon ham siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda mustahkamlanib, shuningdek, Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar doirasida yanada kengayib boraveradi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari yanada mustahkamlanaversin, Sizga va butun O‘zbekiston xalqiga tinchlik-omonlik va farovonlik tilayman.
Jorjo Napolitano,
Italiya Respublikasi Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy bayramini nishonlayotgan ushbu fursatdan foydalanib, Shveysariya Federal Kengashi va shaxsan o‘z nomimdan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklarimizni yo‘llab, sihat-salomatlik va baxt-saodat, mamlakatingizga taraqqiyot va farovonlik tilayman.
Doris Loytxard,
Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Avstraliya hukumati, xalqi va o‘z nomimdan Sizga va Siz orqali O‘zbekiston xalqiga eng samimiy tabriklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Keyingi ikki yilda Avstraliya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yangi pog‘onaga ko‘tarildi va, umid qilamanki, ushbu yuksalish jarayoni bundan buyon ham izchil davom etaveradi. Avstraliya G‘aznachiligi rahbarining o‘rinbosari boshchiligidagi mamlakatimiz rasmiy kishilari nufuzli delegatsiyasining Toshkent va Samarqandga tashrifi o‘zaro munosabatlarimizda muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekistonning Singapurdagi o‘z Favqulodda va Muxtor elchisini Avstraliyada norezident-elchi sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazish rejasi meni g‘oyat quvontirdi va tez orada u bilan uchrashishdan umidvorman. Ishonchim komilki, ikki tomonlama munosabatlarimizni rivojlantirish yo‘lidagi bu qadam g‘oyat samarali bo‘ladi.
Janobi Oliylari, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar bundan keyin ham mustahkamlanib, rivojlanib boraveradi, deb ishonch bildirishga ijozat bergaysiz.
Kamoli ehtirom ila,
Kventin Brays,
Avstraliya General-gubernatori
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni Isroil xalqi va o‘z nomimdan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklarni izhor etish hamda Sizga mustahkam sihat-salomatlik, mamlakatingizga tinchlik va taraqqiyot tilab bildirgan eng ezgu istaklarni yo‘llash imkoniyatini berganidan g‘oyat mamnunman.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Shimon Peres,
Isroil Davlati Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Hurmatli Islom Abdug‘aniyevich!
Sizni va butun O‘zbekiston xalqini milliy bayram – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bilan chin dildan muborakbod etaman.
Ishonchim komilki, Armaniston bilan O‘zbekiston o‘rtasida samarali aloqalarni kengaytirish, o‘zaro foydali hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish xalqlarimiz manfaatlariga to‘la mos keladi va Janubiy Kavkaz hamda Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Sizga, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich, mustahkam sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonni yanada ravnaq toptirish va mamlakatingiz xalqi farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi o‘ta mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizga ulkan samaralar tilayman.
Kamoli ehtirom ila,
Serj Sargsyan,
Armaniston Respublikasi Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich!
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga va Siz orqali O‘zbekistonning birodar xalqiga tataristonliklarning eng samimiy tabriklarini yo‘llash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi. Ushbu ayyomda mamlakatingiz xalqining quvonchiga sherik bo‘lib, barcha hamyurtlaringizga farovonlik va baxt-saodat, mamlakatingizga yanada ravnaq va taraqqiyot tilaymiz. Mustaqil O‘zbekistonning xalqaro maydondagi, davlat qurilishi va iqtisodiy sohadagi ulkan yutuqlari butun mamlakatingiz xalqini bunyodkorlikka chorlab, yangi marralar sari undayversin!
Mushtarak asriy tarixiy va madaniy an’analar bilan bir-biriga bog‘langan Tatariston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi yangi davrda o‘zaro hamkorlikning mazmunan boy, ajoyib tarixini bunyod etdi. Bugun samarali va barqaror rivojlanib borayotgan Tatariston-O‘zbekiston hamkorligiga Siz bilan Mintimer Sharipovich Shaymiyev asos solgan. Siz, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich, kelgusida ham Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi doirasida Tatariston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor berasiz, degan umiddaman.
Rustam Minnixonov,
Tatariston Respublikasi Prezidenti
* * *
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga, O‘zbekistonning birodar xalqi va hukumatiga samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklar izhor etishga ijozat bergaysiz.
Fursatdan foydalanib, Sizga va O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga Islom konferensiyasi tashkiloti faoliyatiga ko‘rsatayotgan yordamingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.
Parvardigordan Sizning dono rahnamoligingizda O‘zbekistonning birodar xalqiga taraqqiyot va ravnaq, Sizga esa mustahkam sihat-salomatlik va baxt-saodat ato etishini so‘rayman.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Akmaluddin Ehsono‘g‘li,
Islom konferensiyasi tashkiloti
Bosh kotibi
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekistonning Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga butun Braziliya xalqi va shaxsan o‘z nomimdan samimiy tabriklar yo‘llashga ijozat bergaysiz.
Keyingi yillarda Braziliya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Shu o‘rinda Siz, Janobi Oliylarining 2009 yilda Braziliyaga tashrifingizni katta mamnuniyat bilan yodga olaman. Ushbu tashrif asnosida mamlakatlarimiz o‘rtasida hamkorlikning turli sohalariga oid o‘nta g‘oyat muhim ikki tomonlama bitim tuzilib, o‘zaro munosabatlarimizning huquqiy asosi yaratildi.
Fursatdan foydalanib, Braziliya mamlakatlarimizning iqtisodiy manfaatlarini inobatga olgan holda ikki tomonlama savdo nomenklaturasini yanada kengaytirish va diversifikatsiya qilishdan manfaatdor ekanini ta’kidlashga ijozat bergaysiz.
Luis Inasio Lula da Silva,
Braziliya Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Mamlakatingiz Mustaqillik kunini nishonlayotgani munosabati bilan Ispaniya hukumati va xalqi nomidan Siz, Janobi Oliylarini chin dildan muborakbod etaman.
Prezident Janobi Oliylari, Sizga tinchlik-xotirjamlik, O‘zbekistonning do‘st xalqiga omonlik va farovonlik tilab bildirgan eng ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.
Kamoli ehtirom ila,
Xuan Karlos,
Ispaniya Qiroli
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklari xalqi, hukumati va shaxsan o‘z nomimdan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklar yo‘llab, eng ezgu tilaklar izhor etish menga katta mamnuniyat baxsh etadi.
Siz, Janobi Oliylariga baxt-saodat, mamlakatingizning do‘st xalqiga yanada ravnaq tilayman.
Sizga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Shayx Xalifa bin Zoid Al Nahayyon,
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni nishonlanishi munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklari xalqi, hukumati va shaxsan o‘z nomimdan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklar yo‘llash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Siz, Janobi Oliylariga baxt-saodat va tinchlik-xotirjamlik, O‘zbekistonning do‘st xalqiga yanada ravnaq va taraqqiyot tilashga ijozat bergaysiz.
Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum,
Birlashgan Arab Amirliklari
Vitse-prezidenti, Bosh vaziri,
Dubay Amirligi Amiri
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami munosabati bilan Sizni chin dildan muborakbod etishga ijozat bergaysiz.
O‘zbekiston xalqiga barcha sohalarda islohotlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar, taraqqiyot va ravnaq tilayman.
Prezident Janobi Oliylari, Sizga mamlakat farovonligi yo‘lidagi buyuk xizmatingizda muvaffaqiyatlar, mustahkam sihat-salomatlik va tinchlik-xotirjamlik tilab bildirgan istaklarimni qabul qilgaysiz.
Fursatdan foydalanib, ishonch bildiramanki, mamlakatlarimizni bog‘lab turgan do‘stona munosabatlar va hamkorlik bundan buyon ham xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida rivojlanib boraveradi.
Prezident Janobi Oliylari, Sizga bildirayotgan yuksak hurmat-ehtiromim va eng ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.
Kamoli ehtirom ila,
Bronislav Komorovski,
Polsha Respublikasi Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga va O‘zbekiston xalqiga o‘zimning samimiy tabriklarimni hamda baxt-saodat va farovonlik tilab bildirgan istaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Albert II,
Belgiyaliklar Qiroli
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bilan Siz, Janobi Oliylarini muborakbod etishga hamda Sizga va O‘zbekiston xalqiga baxt-saodat va farovonlik tilashga ijozat bergaysiz.
Beatriks,
Niderlandiya Qirolichasi
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni nishonlanishi munosabati bilan Serbiya Respublikasi xalqi va shaxsan o‘z nomimdan samimiy tabriklar yo‘llab, eng ezgu tilaklar izhor etishga ijozat bergaysiz.
Ishonchim komilki, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar bundan buyon ham o‘zaro ishonch va hurmat asosida rivojlanib boraveradi.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Boris Tadich,
Serbiya Respublikasi Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 19 yilligi nishonlanishi munosabati bilan o‘z nomimdan hamda Xorvatiya Respublikasi xalqi nomidan Sizni va O‘zbekiston xalqini chin dildan muborakbod etib, mamlakatingiz va xalqingizga eng ezgu tilaklar yo‘llash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Professor, doktor Ivo Yosipovich,
Xorvatiya Respublikasi Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami munosabati bilan Suriya xalqi va shaxsan o‘z nomimdan Sizga va O‘zbekiston xalqiga eng samimiy tabriklarni izhor etish menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sihat-salomatlik va baxt-saodat, O‘zbekistonning birodar xalqiga esa yanada ravnaq va taraqqiyot tilayman.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Bashar Al-Asad,
Suriya Arab Respublikasi Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizga samimiy tabriklar va eng ezgu tilaklar yo‘llash menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sihat-salomatlik, baxt-saodat, mamlakatingizning do‘st xalqiga esa yanada ravnaq va farovonlik tilashga ijozat bergaysiz.
Ali Abdulloh Solih,
Yaman Respublikasi Prezidenti
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan yo‘llayotgan samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.
Ishonchim komilki, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar bundan buyon ham rivojlanib, har tomonlama mustahkamlanib boraveradi.
Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa yanada ravnaq va farovonlik tilayman.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh,
Kuvayt Davlati Amiri
***
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami munosabati bilan Sizni samimiy muborakbod etaman. Siz, Janobi Oliylariga baxt-saodat, O‘zbekiston Respublikasi xalqiga esa taraqqiyot va porloq kelajak tilab bildirgan eng ezgu istaklarimni qabul qilgaysiz.
Anri,
Lyuksemburg Buyuk Gersogi





RSS