Xorijiy davlatlarga tashriflar
26.04.2016

O‘zbekiston – Rossiya: strategik sheriklikning yangi bosqichi

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25-26-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

25-aprel kuni Islom Karimov va Vladimir Putinning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Prezidentlarning samimiy va sermazmun suhbati uzoq davom etdi. Tomonlar O‘zbekiston – Rossiya munosabatlari, jahonning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan voqealar xususida atroflicha fikr almashdilar.

Tashrifning asosiy tadbirlari 26-aprel kuni Kremlda bo‘lib o‘tdi. Islom Karimov va Vladimir Putinning uchrashuvida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

13.12.2015

Tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lida hamkorlik

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Turkmaniston betarafligining 20-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun 11-12-dekabr kunlari ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Tashrifning asosiy voqealari 12-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz xorijiy davlatlar rahbarlari bilan birga Betaraf Turkmaniston maydoniga tashrif buyurdi. Ushbu mamlakatning betarafligi timsoli bo‘lgan Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

16.10.2015

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015-yil 15-16-oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasida bo‘ldi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi

Sammitning asosiy tadbirlari 16-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi.

MDH davlat rahbarlari Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etib, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuvda xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov majlisda yaqin va uzoq mamlakatlarda vaziyat keskinlashib, shiddat bilan o‘zgarib borayotgani inobatga olinadigan bo‘lsa, MDH davlat rahbarlarining mazkur uchrashuvi o‘z vaqtida o‘tkazilganini ta’kidladi.

04.09.2015

Tinchlikni mustahkamlash yo‘lida hamkorlik

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2-3-sentabr kunlari tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari 3-sentabr kuni Pekin shahrida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 70-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimlarda ishtirok etdi.

Xitoy xalqi o‘sha yillardagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay mardonavor kurashib, Ikkinchi jahon urushining hur fikrli insoniyat foydasiga yakunlanishiga ulkan hissa qo‘shgan.

02.09.2015

O‘zbekiston – Xitoy: hamkorlik strategik sheriklik asosida izchil rivojlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2-sentabr kuni Pekin shahriga keldi.

Pekin shahrining “Shoudu” xalqaro aeroportida mamlakatimiz Prezidentini rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan «Dyaoyuytay» qarorgohiga yo‘l oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shu kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari XXR Raisini Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 70-yilligi bilan tabriklab, Xitoy xalqi bu g‘alabaga ulkan hissa qo‘shganini ta’kidladi.

11.07.2015

ShHTning Ufa sammiti

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-10-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Sammitning asosiy tadbirlari 10-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. ShHTga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisi tor doiradagi uchrashuv bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.

09.07.2015

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Ufa shahriga keldi.

Shahar markazidagi Kongress-xollda ShHT (Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston) va BRIKSga (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi) a’zo davlatlar rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ShHT hamda BRIKS doirasidagi hamkorlik, jahon iqtisodiyotini rivojlantirish, jumladan, birgalikda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, moliyaviy barqarorlik va tarkibiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar, mintaqaviy va global ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashildi.

28.05.2015

O‘zbekiston – Koreya Respublikasi: o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi ufqlari

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan 27-may kuni davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi.

Tashrifning ikkinchi kuni Prezidentimizning Koreya Respublikasi mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan qariyb 170 ming odam xoki qo‘yilgan Milliy yodgorlik majmuini ziyorat qilishi bilan boshlandi.

Davlatimiz rahbari vatanparvarlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, Yodgorlik poyiga gulchambar qo‘ydi.

Koreya Respublikasi rahbarining “Chong Va De” (“Moviy saroy”) qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul oldidan o‘tdilar.

26.11.2014

Strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 24-25-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Ikki davlat rahbarlari an’anaviy do‘stlik va ochiqlik ruhida o‘tgan muzokaralar chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama etdilar.

Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikni 2013-yilning iyun oyida Toshkentda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ruhida izchil rivojlantirish ikki mamlakat xalqlarining tub manfaatlari, ularning tarixiy va madaniy yaqinligi, vaqt sinovidan o‘tgan mustahkam do‘stlik va qardoshlik rishtalariga mosligini, mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, uni barqaror rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

25.10.2014

O‘zbekiston – Turkmaniston: o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi bosqichi

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 23-24-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Tashrifning asosiy voqealari 24-oktabr kuni bo‘ldi. Rasmiy kutib olish marosimidan keyin Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek va turkman xalqlarining tarixi, madaniyati va qadriyatlari mushtarak, til va urf-odatlari o‘xshash. Ikki xalq azaldan bir-birining madaniyatini boyitib, savdo-sotiq qilib keladi, bir daryodan suv ichadi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 20.02.2017
© 2008 - 2017 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati